Samarqand davlat universiteti: Iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi…
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabasi Sherxon Boqiyev, O‘zbekistonda so‘nggi paleolit o‘rganilish tarixi bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy rahbari arxeologiya kafedrasi dotsenti Nurmuhammad Xolmatov.
Talabaning mavzuga oid bir qator maqolalari xalqaro va Respublika jurnallarda nashr etilgan. Jumladan, Vashingtonning Luis universitetda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyasida ham ishtirok etgan.
Sherxon Boqiyev “Zakovat” intellektual o‘yini Respublika bosqichi ishtirokchisi. Shuningdek, SamDU Liderlar klubi a’zosi.
- O‘zbekistonda so‘nggi paleolit davrini sistemali o‘rganish ishlari 1939-yilda Samarqand so‘nggi paleolit davri makoning ochilishi bilan boshlangan, - deydi talaba Sherxon Boqiyev. – Yaqin yillargacha O‘zbekistonning so‘nggi paleolit davri Samarqand so‘nggi paleolit madaniyati hamda Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko‘lbuloqning yuqori birinchi, uchinchi qatlamlaridan iborat edi. Bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya xalqlar ekspeditsiyasi tomonidan Toshkent vohasida Obirahmat, Ko‘lbuloq makonlari va Qizilolma II ustaxonasining yuqori qatlamlari qayta o‘rganildi. Shu bilan birgalikda so‘nggi paleolit davri bilan bog’landi. Bu yerdan shu davrga oid To‘daxotin I, II yodgorliklari ochildi va o‘rganildi. Bu esa Toshkent vohasining so‘nggi paleolit davrini o‘rganishning yangi bosqichiga ko‘tardi.
Hozirgi kunda talaba o‘qishdan tashqari Samarqand arxeologiya ilmiy markazida tadqiqotchi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

