Bugundan eʼtiboran Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi.

    Haftalik doirasida yurtimizda faoliyat yuritadigan nashriyotlar tomonidan chop etilgan yangi mahalliy va xorijiy kitoblar taqdimoti, kitobsevarlar uchun turli aksiya va viktorinalar, mahorat darslari, yozuvchi va adiblar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, sahna ko‘rinishlari, teart va kino aktyorlari, estrada xonandalarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

    Yana ko‘plab qiziqarli tadbirlar o‘rin olgan “Kitobxonlik haftaligi” dasturi bilan quyidagi havola https://t.me/aoka_uz/6971 orqali batafsil tanishing va haftalikda ishtirok eting.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati