Samarqand davlat universiteti: Iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi…
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabasi Bektosh Mamatov, “Fransiyada Rishelye siyosati” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy rahbari SamDU Jahon tarixi kafedrasi dotsenti Muqaddas Hoshimova.
Talaba o‘nga yaqin ilmiy maqolasi bilan xalqaro jurnal va konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Hindiston, Rossiya kabi davlatlarning nufuzli jurnallari shular jumlasidandir.
Shuningdek, Bektosh Mamatov ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila oladi. Ingliz tilidan Xalqaro IELTS 6 sertifikatiga ega. 2019-yilda “Tafakkur sinovlari” va Talabalar festivali doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini Respublika bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
- Fransiyada absolyutizm davrida Rishelye siyosatining o‘rganilishi XVII asrdagi fransuz jamiyatining siyosiy ahvolini aniqroq o‘rganishga va uning Yevropdagi o‘rnini belgilab beradi, - deydi talaba Bektosh Mamatov. – Ushbu mavzu o‘rta asr va hozirgi zamon tarixchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Chunki, kardinal Rishelye davlatni mustahkamlash, uni markazlashtirish, dunyoviy hokimyatni cherkov va markaziy viloyatlar ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qildi. Uning tashqi siyosatida Fransiyaning Yevropada gegemon davlatga aylantirish, Ispaniya va Avstriyadagi gabsburglarga qarshi kurash asosiy o‘rin egallagan. Buning natijasida Fransiyada absolyutizm to‘la qaror topdi.
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

