Samarqand davlat universiteti mahallalar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda…
Samarqand davlat universitetiga shaharning Xo‘ja Ahrori Valiy, Namozgoh, Bog‘isaroy, Oqsaroy, Chaqar, Chashma, Baraka, Yangi Qo‘rg‘on kabi mahallalari biriktirilgan bo‘lib, ushbu hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolar bilan ishlash uchun alohida harakatlar rejasi tuzilgan.
Jumladan, universitetning yuridik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham shahardagi “Chashma” mahallasida musiqiy kecha uyushtirdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalladagi uyushmagan yoshlarning san’at sohasiga qiziqtirish va ijodkorlarning iste’dodini yuzaga chiqarishdir.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

