Lev Nikolayevich Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti qozoq adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Janat Aymuxambet, Karlig‘ash Baytanasova, Saulesh Aytuganovalar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya filologiya fakulteti talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

    Tadbirni SamDU “Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi” ilmiy-tadqiqot markazi direktori, filologiya fanlari doktori Erkin Musurmonov kirish so’z bilan ochdi. Yevroosiyo Milliy universiteti bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yo’lga qo’yilganligini ta’kidladi.

    Uchrashuv mazmunli va qiziqarli ruhda o‘tdi.  

    Talabalar turkiy xalqlar adabiyotini o‘rgatish, qozoq-o‘zbek tillarining etnik vujudga kelishi, xalqlarning tarixiga oid turli qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Shuningdek, ikki universitet o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan ilmiy-pedagogik hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturiga o‘z qiziqishlarini bildirdilar.

Munira Abdurahmonova,

Samarqand davlat universiteti

filologiya fakulteti talabasi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.