O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Samarqand davlat universiteti olimlari bilan uchrashuvi boshlandi.

    Tadbirni kirish so'zi bilan ochgan Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov bugun tantanali ravishda ochilgan Yoshlar texnoparki haqida shunday dedi: 

    - Bugun Samarqand davlat universiteti uchun ilm-fan kuni bo'lyapti. Biroz oldin ochilgan Yoshlar texnoparki talabalar uchun katta imkoniyatlar eshigi bo'ldi. Ushbu uchrashuvimiz esa olimlarning izlanishlari, tadqiqotlarini vazirlik darajasida hal etishga yo'l ochadi.