Uchinchi Renessansning markazi Samarqand bo‘ladi
Innovasion rivojlanish vazirligining Samarqand davlat universitetida joylashgan Samarqand viloyati Yoshlar texnoparkining ochilish marosimi boshlandi.
Tadbirni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kirish so‘zi bilan ochib, texnopark Samarqand yoshlarini qo‘llab quvvatlovchi eng muhim markazlardan biri bo‘lishini ta’kidladi.
- Tarixdan ma’lumki, Samarqand Birinchi va Ikkinchi Renessansning markazi bo‘lgan. O‘ylaymanki, Uchinchi Renessansning markazi ham Samarqand bo‘ladi. Texnoparkning Samarqand davlat universitetida joylashgani ham buning isbotidir- dedi Erkinjon Turdimov.

