Karyera kuni - mehnat yarmarkasi

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bosh binosida talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Karyera kuni - mehnat yarmarkasi” o‘tkazilishi kutilmoqda.

    Tadbirda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda yuzdan ortiq korxona va tashkilotlarning vakillari bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qiladi.

    Soat 10:00 da boshlanishi kutilayotgan mehnat yarmarkasiga barchangizni taklif etamiz!

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.