“Islom-tinchlik va ezgulik dini”…

Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig’i Tohir Evadullayev va markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Tadbirda muqaddas dinimizning sofligini saqlash, Islom dini nomi bilan tinchlik va ezgulik dini ekanligi, u har qanday buzg‘unchilik va fitnalardan xolis ekanligi e’tirof etildi. Shuningdek, buzg‘unchi oqimlarning turli xil ko‘rinishiga ma’rifat bilan kurashish, mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda barqaror taraqqiyotni ta’minlash, fuqaro huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, qadriyatlar ustivorligiga asoslangan demokratik jamiyat qurish borasidagi ishlar jahon hamjamiyatiga namunadir, - deya alohida ta’kidladi kimyo fakulteti dekani, dotsent Noryigit Musulmonov.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar