Briofitlar nima va qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti doktoranti Farrux Abdirasulov, brioflora va uning biekologik tavsifi bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy rahbari SamDU botanika kafedrasi dotsenti Xolmurod Jalov.
Tadqiqotchining mavzuga doir 20 ga yaqin ilmiy maqolalari va tezislari chop etilgan.
Briofitlar (moxlar yoki yo‘sinlar) bu o‘simliklar olamida alohida bo‘lim bo‘lib, miqdor va ahamiyati jihatidan poya bargli o‘simliklar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Briofitlarni o‘rganuvchi fan briologiyadir.
- Briofitlar haligacha to‘liq o‘rganilmagan, lekin tabiatda, inson hayotida, xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyatga ega, - deydi doktorant Farrux Abdirasulov. - Briofitlar doimiy yashil o‘simliklar bo‘lib, o‘sishda joy tanlamaydi. Buning natijasida u doimiy kislorod manbayi bo‘lib qolmasdan, atmosfera, suv va tuproq tarkibidagi elementlarni to‘plab, muhim bioindekator funksiyasini bajaradi. Ya’ni yuqoridagi unsurlarning ifloslanishidan saqlaydi. Shuningdek, suv ekosistemasida umurtqasiz hayvonlar uchun ozuqa, yashash makoni bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari briofitlarni tibbiyot va farmatseftika sanoatida qon to‘xtatuvchi, jigar hujayralarini tiklovchi, inson organizmidagi parazit bakteriya va zamburug’larga qarshi vosita sifatida foydalanish mumkin. Qurilishda uy tomlarini sirtqi qismini yopishda mustahkamlikni ta’minlash uchun ishlatish mumkin. Yoqilg’i energetikasida foydalaniladigan qazilma torf moddasini hosil qiladi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, hozirgi kunda mehmonxona, restoran va korxonalarni zamonaviy ko‘rinish hosil qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Ya’ni xona devorlarini briofitlar bilan bezash bilan birgalikda havoni tozlash funksiyasini bajaradi…



Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

