Amir Temur tavalludining 686 yilligi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Axborot-resurs markazida tarix fakulteti talabalari ishtirokida “Buyuk Amir Temur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet Axborot-resurs markazi direktori Oliya Muhammadiyeva kirish so’z bilan ochdi.
Shundan so‘ng, tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari Amir Temur va temuriylar davrining o’rganilish tarixi, Temur tuzuklari haqida ma’lumot berdi.
Talabalar tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid namoyish etilgan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko’tarinkilik baxsh etdi.




Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

