“Ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilar maqomini yuksaltirish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida «Ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilar maqomini yuksaltirish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Andreas Shlyayxer, viloyat xalq ta’limi mas’ullari va o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda maktab ta’limini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish bo‘yicha Samarqand tajribasini yaratish haqida so‘z bordi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboev o‘z ma’ruzasida ta’lim sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov maktab ta’limini zamonaviylashtirish, o‘qituvchining ilmiy-pedagogik va metodik salohiyatini oshirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Andreas Shlyayxer ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, dasturning asosiy maqsadi maktab ta’limini rivojlantirish ekanligi, sohani rivojlantirish uchun barcha birgalikda harakat qilishi lozimligini ta’kidladi.
Tadbir savol-javob va muhokamalar tarzida davom ettirildi.









Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

