Xalqaro tanlovda ishtirok etadi

    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakultetining 9 talabasidan iborat LifePC Group, SamDU Dream Team, SamSU ITEG jamoalari ICPC Xalqaro turnirining yarim finalda bellashish uchun Qozog‘istonning Olmaota shahriga yo’l olishdi.

    ICPC (International Collegiate Programming Contest) Xalqaro turniri jahondagi eng nufuzli algoritmik dasturlash tanlovi bo’lib, uch kishidan iborat jamoa hamkorlik, ijodkorlik, innovatsiya va tezkorlik qobiliyatini rivojlantirib, real muammolarni hal qilishi talab etiladi. Xalqaro IT kompaniyalari: Microsoft, Yandex, Telegram asoschilari ham ushbu tanlovda ishtirok etgan.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi dasturchi talabalarga omad tilaydi.

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat Akramov olgan suratlar