“Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi sohiblari taqdirlandi…

Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida litseylarda “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalari joriy etilgan.
Samarqand davlat universiteti akademik litseyida ham 10 nafar o‘quvchi “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi bilan taqdirlandi. Ushbu stipendiya nizomiga asosan har olti oyda semestr yakuniga ko‘ra eng eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, ma’naviy va marifiy ishlarda faol ishtirok etgan yoshlarga beriladi. Stipendiya sohiblari bir martalik pul mukofoti, kitoblar to‘plami va sertifikatga ega bo‘ldilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati