Bugun erta tongdan buyuk davlat arbobi, o'zbek davlatchiligi asoschisi, yetuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodov va viloyat faollari Amir Temur maqbarasini ziyorat etdi. Qur'on tilovat qilinib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.