Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirni SamDU talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Islom Rustamov kirish so’z bilan ochdi.

    Davra suhbatida Samarqand viloyati hokimligining Diniy ishlar qo'mitasi rahbari Sohibnazar Boymurodov, viloyat targ’ibot guruhi rahbari Sanoat Zohidova va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga bugungi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asrida ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri va oqilona foydalanish to’g’risida atroflicha ma’lumot berildi.

    Shuningdek, diniy mavzudagi axborot va yangiliklarni O’zbekiston Musulmonlari idorasining rasmiy sayti (muslim.uz) dan olish tavsiya etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.