Samarqand davlat universiteti: Qozon federal universiteti bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko'tariladi

Bugun Samarqand davlat universitetiga Qozon federal universiteti xalqaro hamkorlik instituti direktori Ramil Xayrutdinov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Ayni paytda Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni yanada yaxshilash, birgalikda turli ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan muzokaralar bo'lib o'tmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.