Samarqand davlat universiteti Isroilning Vaysman ilm-fan instituti bilan hamkorlik qiladi

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov O‘zbekiston delegatsiyasining Isroilga tashrifi doirasida Vaysman ilm-fan institutida bo‘ldi.
Samarqand davlat universiteti va Vaysman ilm-fan instituti bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik o‘rnatish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mehmonlarga institut kampusi, uning ilmiy laboratoriyalari va faoliyati yaqindan tanishtirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.