Samarqand davlat universitetida "Silk Road Samarkand" turistik kompaniyasi bilan hamkorlikda Karyera va bandlik markazi ochildi
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Karyera va bandlik markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so‘z bilan ochdi. Ushbu markazning faoliyatiga to‘xtalar ekan, u nafaqat talabalarni ish bilan ta’minlash, balki ularning keyingi faoliyatini tashkil etish, yoshlarni zamonaviy bilimlarga o‘qitishiga ko‘maklashishini ham alohida ta’kidladi.
So‘ngra Samarqand davlat universitetida Kar’yera va bandlik markazining tantanali ochilish o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand davlat universiteti va “Silk Road Samarkand” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
So‘ngra tadbirning asosiy qismiga navbat berilib, talabalarga kompaniyada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Yakunda “Silk Road Samarkand” kompaniyasi vakillari tomonidan sayyohlik kompleksida ishlamoqchi bo‘lgan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi, talabgorlardan anketa va so‘rovnomalar olindi.








Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov olgan suratlar.

