Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz

Samarqand davlat universitetida “Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz” shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda SamDU Korrupsiyaga qarshi kurash “Kompleans nazarat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i Ro‘ziqul Abruyev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida davom etib, talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g’risidagi qonunning mazmun mohiyati aytib o‘tildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Bugun yurtimizda bu kabi illatni yo‘qotish uchun bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, batamom barham berilgani yo‘q, - deydi Ro‘ziqul Abruyev. – Buni bartaraf etish uchun bosqichma-bosqich harakat qilimog’imiz, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarishimiz darkor. Shuning uchun ham universitetimizda korrupsiyaning oldini olish maqsadida Talabalar bilimini baholash, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.