Tabassum qiling
Tabassum so‘zini eshitishingiz bilan yuzingizda iliqlik sezasiz. Tabassum yarashmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Kulganingizda organizmdagi zo‘riqishning katta foizi kamayadi. O‘zimizni xursand kayfiyatda his qilamiz.
Tabassum inson uchun tabiiy bo‘lgan holat. Baxt og‘ushida va samimiy xursandchiliklar bo‘lgan paytlarda yuzimiz moʻjizaviy tarzda o‘zgaradi, go‘yo atrofdagilarni biz bilan yaxshi kayfiyatni baham ko‘rishga chorlaydi. Ajablanarlisi, qalb irodasi bilan emas, atayin qilgan tabassum ham fikrimizni o‘zgartirishi va ijobiy kayfiyatga xayrixoh bo‘lishi mumkin.
Atrofdagilar uchun tabassum nafaqat iltifot belgisi, balki jilmayib turgan inson o‘zida ishonganligining dalolatidir. Psixologlar ishga joylashish uchun suhbatda va mijozlar bilan muloqot qilishda aynan shu holatda bo‘lishni maslahat berishlari bejiz emas – yaxshi kayfiyat va qaror qabul qilishdagi qulayliklar tabassum orqali hosil bo‘ladi. Quvnoq va do‘stona ko‘rinadigan odam bilan muloqot qilish va ishlash yoqimli, chunki biz uning ishonchini ongli ravishda qozongan bo‘lamiz.
Olimlar tabassumning boshqalarga taʼsirni tekshirib ko‘rishdi. Maʼlum bo‘lishicha, tabassum o‘zida kuchli maʼlumotlarni jamlar ekan. U insonning botiniy aqliga taʼsir o‘tkaza oladi.
Olimlarning anqilashicha, har bir insonning o‘ziga xos tabassumi bo‘ladi. Boshqa birovning tabassumi unikiga o‘xshamaydi. Shuningdek, har bir tabassum o‘zida turli taʼsirni mujassamlashtiradi. Mutaxassislar insonlar tabassumlarini tasvirga olib, uning sekinlashtirib tadqiqot o‘tkazdilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tabassum bilan birga yuzning o‘ziga xos harakatlari va har bir insonning o‘zida tabassumning bir necha xillari bor. Bunda kishining ruhiy holati, yashayotgan muhiti, atrofidagi kishilarning taʼsiri mavjud.
Tabassum shifodir. Ko‘plab doktorlarning kuzatuvlari tabassumning kasallikdan tuzalishda alohida o‘rni borligini tasdiqladi. Ular tabassum kasallikdan forig‘ bo‘lishda yordam berishini eʼtirof etishadi. Demak, biz hadya etgan tabassum kimningdir darddan qutilishga yordam berar ekan.
Tabassum ajoyib dori:
Uni do‘stingizga bersangiz xursand bo‘ladi.
Dushmaningizga bersangiz pushaymon bo‘ladi.
Onangizga bersangiz umri uzayadi.
Farzandingizga bersangiz mehri oshadi.
Tanimagan kishingizga bersangiz siz uchun sadaqa ajri bo‘ladi.
Sevgan yorinizga bersangiz sevgisi ortadi.
Bu dorining zararli asoratlari yo‘q va u hech qayerda sotilmaydi, balki uni Alloh taolo yuzingizga joylab qo‘ygan.
Salgina tabassum qilsangiz bo‘ldi, ajoyib bepul dori tayyor.
Bir biringizga tabassum ulashing Azizlarim!
Tabassumning o‘ziga xos turlari mavjud.
Do‘stona tabassum. Salomlashish tabassumi yoki bir vaqtning o‘zida bizni yaqinlashtiradigan va masofani ushlab turadigan xushmuomalalik tabassumi, hatto bizga tabassum qiladigan odam bilan bizni bog‘laydigan hech narsa bo‘lmasa ham, bizni birdan xotirjam his qilishi mumkin. Bunday tabassum to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning ichki dunyomizga emas, u biz bilgan odamga emas, balki qiyofasi barchamizni birlashtiradigan umumiy va universalga qaratilgan. “Samimiy tabassum bizda juda muhim narsaga taʼsir qiladi - mehribonlikni tug‘ma qabul qilish qobiliyatimiz”, - taʼkidlaydi Dalay Lama “Yangi ming yillikdagi axloq” kitobida (Sofiya, 2004).
Noqulay tabassum. Har doim tabassum zavqni ifodalamaydi, baʼzida bu bizning orqaga qaytish istagimiz haqida gapirish mumkin. Biz qandaydir xatoga yo‘l qo‘yganimizda va bizni uyat tuyg‘usi egallab olganimizda, lablarda xijolatli tabassum paydo bo‘lishi mumkin. Bu bizning chalkashligimiz haqida gapiradigan tabassum-sharh.
Jasoratli tabassum. O‘zimizni tabassum qilishga majburlash orqali biz mag‘lubiyatlarni emas, balki muvaffaqiyatlarimizni eslaymiz.
Himoya tabassumi. Noaniq vaziyatda tabassum bizning birinchi qurolimiz, dam olish usuli bo‘lib, u o‘zimizning tajovuzkor impulslarimizni tiyishga va boshqa odamning bizga nisbatan his qilishi mumkin bo‘lgan tajovuzni neytrallashga yordam beradi. Stressdan xalos bo‘lishning bu belgisi barcha madaniyatlarda qo‘llaniladi.
Jozibali tabassum. Nemis etnologi Irenaus Eibl-Eibsfeldt tabassum butun dunyoda vasvasa marosimining bir qismi ekanligini isbotladi. Yevropaliklar orasida tabassum erkaklarda ayollarning eng qadrlisi (37%); u hatto ko‘zdan ham oldinda (13%). Tabassum bir vaqtning o‘zida taskin va tasalli beradi.
Aytgancha yaponlar hech qachon bir-biriga qovoq uymas ekan, bir-birini xo‘mrayib kutib olmas ekan. Aksincha bir-biriga yoqimli va samimiy tabassum ato etarkan, ularning uzoq umr ko‘rishiga bitta sabab tabassum bo‘lsa ne ajab.
Yana bir bor tabassum qiling qadrdonim.
Muxtasam Sulaymonov,
Samarqand davlat universiteti
Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi

