Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Olimjon Eshniyozovning tug‘ilgan kuni.
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Olimjon Eshniyozov 1959-yil tavallud topgan. Bugun 63 yoshni qarshi olgan olim 41 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda fidoyi mehnat qilib kelmoqda.
Ushbu kun munosabati bilan universitet jamoasi Olimjon Eshniyozovni samimiy muborakbod etib, ilmiy va mehnat faoliyatida muvafaqqiyat va ulkan zafarlar, uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

