Samarqand davlat universitetiga CERGE-E deb nomlanuvchi iqtisodiy tadqiqotlar va Oliy ta'lim markazi vakili, Nyu-York shahar universiteti professori Rendall Fayler tashrif buyurdi.

    Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot yo’nalishda ta’lim oluvchi talabalar bilan davra suhbati o’tkazish va “Mantiqiy iqtisodiyot” kitobining taqdimotidir.

    Kitob bugungi zamonaviy dunyodagi iqtisodiy muammolar, uni bartaraf etish yo’llari va buning ilmiy masalalariga bag’ishlangan. Taqdimot ko’tarinku ruhda o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan turli savollarga batafsil javob oldilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.