Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi…

Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti va 8-son ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bunda ikki tur bo‘yicha 6 jamoa bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
14-17 yosh toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan bahs-munozarali o‘yinda “Zukkolar” jamoasi g’oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
- Bugungi o‘yinni o‘tkazishimizdan asosiy maqsad maktab bolalarining intellektual salohiyati va ularning bilimlarini kengaytirish, - deydi SamDU matematika fakulteti dekani, dotsent Haydar Ro‘zimurodov. – Zakovat o‘yinlari ayni vaqtda yosh avlodni bilimli va zukko qilib tarbiyalashda xizmat qilmoqda. Shu bois bu kabi tadbirlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yganmiz. Biz bilan hamkorlik qilganligi uchun maktab rahbariyatiga minnatdirchilik bildiramiz.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati