Navro‘z bayrami munosabati bilan oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan xabar olindi...
Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti tyutori Gulchehra Mustafoqulova Navro‘z bayrami munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Akmal Jo‘rayev va Barno Usmonovalar xonadonidagi 6-oilaviy mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bolalarning yashash muhit bilan tanishdi. Shu bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarga bayram sovg‘alari ulashdi.
Kattaqo‘rg‘on tumani “Javlon” MFY Abdul qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Akmal Jo‘rayev va Barno Usmonova 6 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini o‘z qaramog‘iga olib, oilaviy mehribonlik uyi tashkil etgan. Ushbu bolalar uyi viloyatda oltinchi, tumanda birinchi bo‘lib ochilgan...



