Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida ham Navro‘z shodiyonalari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Sportchilar tomonidan namoyish etilgan mashqlar, dorbozning noyob harakatlari saylning fayzli o‘tishini ta’minladi.

    Nuroniy bobolarimiz, moʻtabar buvijonlarimizning duolari bilan yoshlar bayram dasturxoni yozdilar. Bayram tantanalari uyushtirildi.

    Bayram ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi...

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.