Navro‘z – yangi kun!

“Navro‘z” forscha so‘z bo‘lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 - mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil - Navro‘z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlarning ekin-tekin ishlarini boshlanish pallasiga to‘g‘ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko‘rdim, teng emish bo‘yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o‘lur bo‘ldi chu Navro‘z.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabalari Navro’zga o’zgacha shukuh olib kirishdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan xalq og’zaki ijodi namunalari, laparlar, kuy va qo’shiqlar ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.