“Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan”...
Abu Rayhon Beruniy “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro‘z bayrami haqida shunday yozadi: “Navro‘z butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtga, ya’ni bahor yomg‘irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha davom etadigan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan”.
Biologiya fakulteti talabalari Navro‘z saylini o‘zgacha shukuh bilan qarshi olmoqda. Endigina ko‘kara boshlagan bug‘doylar, mehr ila tayyorlangan ko‘k somsalar kishining ishtahasi bilan birga qalbini ham uyg‘otishi tabiiy.


Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

