Bahor inson qalbiga iliqlik bilan birga, yaxshi kayfiyat, shukronalik hissini ham olib keladi. Bugun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik tufayli Navro‘z sayli keng nishonlanmoqda.

    Raqamli texnologiyalar fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari Navro’zni kutib olar ekan, yangi boshlanayotgan o’quv semestri barcha uchun omadli bo’lsin deb niyat qilishdi. Talabalar yangi yilda yangi badiiy kitoblar, yangi adabiyotlar o’qishni, zamonaviy dasturlarni o’rganishni o’z oldilariga maqsad qildilar.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.