Navro‘z bayramiga xos urf-odatlarimiz...

Islomgacha bo‘lgan davr Navro‘z bayramlarida urf bo‘lgan oddiy xalqqa tegishli odatlar ham diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlar bir-biriga shakar va shirinliklar hadya qilishgan (hayotingiz ham shirin bo‘lsin degan ma’noda), bir-biriga suv sepish (bu yil suv ko‘p bo‘lsin, hosil yaxshi bo‘lsin degan ma’noda) va boshqa odatlar keng tarqalgan.
Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti jamoasi uchun bahorgi yangi yil ajoyib tarzda o‘tmoqda. Talabalar tomonidan ijro etilayotgan milliy qo‘shiqlar, she’rlar barcha ishtirokchilarga ko‘tarinkilik baxsh etmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.