Ertalabki nonushta
Psixologlarning fikriga ko‘ra qorni och odamlarning 70 foizi noto‘g‘ri xulosa chiqararkan, shuning uchun ertalab nonushta qilishning 9 sababini bilib oling.
Miya faoliyati uchun:
Ertalab nonushta qilsangiz, kun davomida xabarlarni eslab qolish qobiliyatingiz oshadi.
Immunitetni oshiradi:
Har kuni nonushta qilishga odatlansangiz, immunitetingiz oshadi, natijada tushkunlikka tushmaysiz, turli kasalliklarga ham chalinmaysiz.
Xavfsizlik uchun:
Aniqlanishicha, uydan qorni to‘q chiqqan kishilar avtohalokatga kamroq uchrar ekan.
Ishingiz unadi:
Chunki sizda energiya zahirasi paydo bo‘lib, ishlash layoqatingiz 30 foizga oshadi. Yana ishxonada to tushlikkacha nimalardir yeb, vaqt sarflamaysiz.
Organizm faollashadi:
Ertalab qornimni to‘ydirib olsam, ortiqcha kaloriyalarni «qo‘lga kiritaman» deb o‘ylamang. Aksincha, qancha kech nonushta qilsangiz, shuncha kech ish boshlaysiz. Va organizm dangasalashadi.
Kuch bag‘ishlaydi:
Agar siz tongda hech narsa yemaslikka odatlangan bo‘lsangiz, kundan kunga organizmingiz kuchsizlanadi.
Ishtahangiz nazoratda bo‘ladi.
Shifokorlarning aniqlashicha, ertalab nonushtaga tuxum isteʼmol qilsangiz, kun davomida kamroq ovqat tanovul qilarkansiz. Grechixa, guruch yoki suli yormasidan bo‘tqa yesangiz, yog‘li taomlarni inkor qilarkansiz.
Go‘zallik uchun:
Agar ertalab nonushta qilmasangiz, organizmingiz uyqudan uyg‘onmaydi va harakatga kirishmaydi. Natijada, yog‘ yig‘iladi. Va ular, soch, yuzlaringizda aks etadi.
Kayfiyatingiz ko‘tariladi:
Musiqa tinglab, nonushta tayyorlash va ovqatlanish xush kayfiyat bag‘ishlashi aniq.
Eng asosiysi barvaqtroq uyg‘onishga odatlanasiz, barvaqt turgan odam albatta rizqli bo‘lishi tayin. Farzandlarimiz ham shunga o‘rganishini esdan chiqarmang.
Muxtasam Sulaymonov,
Samarqand davlat universiteti
Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi

