Hindistonlik professor bilan seminar bo‘lib o‘tdi…
Samarqand davlat universiteti va Hindistonning NeARTech Solutions tadqiqot markazi rahbari, professor Ashwini Renavikar bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Bundan asosiy maqsad xalqaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamda dasturlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishdir.
Seminarda yangi zamonaviy dasturlash texnologiyalarning usullari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirilib, keyingi rejalar belgilandi. Shu bilan birgalikda tezkor va moslashuvchan dasturiy mahsulotlarni ishlash va joriy qilish bo‘yicha doimiy tajriba almashishga kelishib olindi.
- Katta hajmdagi ma’lumotlarni ishlov berish ishonchliligini oshirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boryapman, - deydi SamDU raqamli texnologiyalar fakulteti doktoranti Akbar Rashidov. – Tadqiqotimda xorijiy tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu borada professor Ashwini Renavikar maslahatchi rahbar sifatida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda. Hammualiflikda bir qator ilmiy maqolalar tayyorlandi. Machine learning va dasturiy injiniring yo‘nalishlarida professor Ashwini Renavikar bilan hamkorlikda olib boriladigan izlanishlarimiz sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

