Bugun Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Jamila Vafayevaning tug‘ilgan kuni.

    Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Jamila Vafayeva 1960-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan.  62 yoshni qarshi olgan olima 2011-yil “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.  Jamila Vafayeva 40 yildan buyon bir qator oliy o‘quv yurtlari va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi