Prorektor va yoshlar uchrashuvi
Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlashga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi. Uchrashuvda SamDU o’quv ishlari bo’yicha prorektori, professor Ahmadjon Soliyev talabalarning muammolarini atroflicha o’rganib, ularni ish bilan band bo’lishi uchun tizimli faoliyat yo’lga qo’yilganligini ta’kidladi.
Samarqand davlat universitetida Talabalarning bandligini ta’minlash markazi tashkil etilganligi, ishsiz yoshlar bu markaz orqali vakant lavozimlarni egallashlari mumkinligini aytib o’tdi.
Shuningdek, talabalarning magistratura bosqichiga kirish, chet tillarini mukammal o’rganish bo’yicha tavsiyalar berildi.






Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

