Oliy talim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun ajoyib imkoniyat...

Siz oliy talim muassasasi 4-kurs bitiruvchi talabasi bo‘lib, bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tadqiqot olib borayotgan bo‘lsangiz, amaliyotingizni INNO texnoparkda olib borishingiz mumkin.
INNO texnoparkda amaliyot otashni istagan talabalar ushbu link (https://forms.gle/tA5t8uYSXwBJLkic9)orqali ariza topshirishlari mumkin.
Amaliy ish mavzulari taqdimoti 26-mart kuni INNO texnoparkida bo ‘lib o‘tadi.
Taqdimotlar natijasiga ko‘ra eng innovatsion loyihalar tanlab olinadi va amaliyot o‘tash uchun Inno texnoparkda (https://t.me/innotechnopark) barcha imkoniyatlar yaratib beriladi.
Endi bitiruv malakaviy ishi faqat qog‘ozda emas, eng zamonaviy sharoitlarga ega texnoparkda amaliyotda qo‘llanishi mumkin.
Manbaa: Innovatsion rivojlanish vazirligi