Inson kapitalidagi o‘zgarish

O‘zbekistonni Paxta kompaniyasining qora ro‘yxatidan chiqarilishini mamlakatimiz eksportiga ochiladigan yangi imkoniyatlari haqida ko‘pchilik aytib o‘tdi. Lekin ushbu jarayonni undanda kam bo‘lmagan eʼtiborga molik tomoni shundaki, mana 4 yildan beri barcha o‘qituvchilarimiz va o‘quvchilarimiz paxta mavsumida o‘z maktablarida dars bilan mashg‘ul bo‘lyaptilar. Inson kapitalidagi bu o‘zgarish ham mamlakatimiz kelajagi uchun juda katta ijobiy hissa qo‘shishi aniq.
Bu albatta, Prezidentimizning siyosiy irodalari tufayli amalga oshirilgan eng katta yutuqlarimizdan biridir.
Endi yaxshiroq taʼlim olgan yoshlarimiz kelajakda yaxshiroq daromad topa oladilar. AKT sohasida ham ularga dunyo bozorida o‘z xizmatlarini eksport qilishga keng miqyosda imkoniyatlar ochilmoqda, buning uchun yoshlarimiz vaqtdan unumli foydalanib, chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganib borishlari kerak, qo‘shimcha maʼlumot: https://education.it-park.uz