Samarqand davlat universiteti nuroniy professor-o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan universitet faxriylar kengashining davra suhbati o‘tkazildi.

         Tadbirni kengash raisi Suyun Karimov kirish so‘z bilan ochdi. Suhbat davomida kelgusida qilinadigan muhim vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Kengash faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida raqamli texnologiyalar fakulteti professori Baxtiyor Xo‘jayorov kengash raisining o‘rinbosari etib saylandi.

         Shuningdek, universitetda faoliyat olib borgan faxriy professor-o‘qituvchilar haqida “Dorilfunun fidoyilari” kitobini nashr ettirish masalalari muhokama etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.