Bugun Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi mudiri, akademik Saidahmad Laqayev va fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti Salixa Usmonovaning tug’ilgan kuni.

    Akademik Saidahmad Laqayev 1952-yil Payariq tumanida tug‘ilgan.  70 yoshni qarshi olgan olim rahbarligida 5 fan doktori, 13 fan nomzodi va 8 nafar falsafa doktorlari (PhD) yetishib chiqqan.  Akademik Saidahmad Laqayev 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti Salixa Usmonova 1955-yil Jizzax viloyati Forish tumanida tug’ilgan. 67 yoshni qarshi olgan olima 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2008-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi