Samarqand davlat universitetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram bo‘lib o‘tdi…
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori, professor Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so‘z bilan ochib, barcha ayollarni bugungi qutlug‘ kun bilan muborakbod etdi.
Samarqand davlat universitetida jami 940 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borib, shulardan 319 nafari xotin-qizlarni tashkil qiladi. 109 ta fan doktoridan 6 nafar; 256 fan nomzodidan 54 kishi, 115 falsafa fanlari doktoridan ( PhD) 31 ta ayollarni tashkil qiladi.
Shuningdek, 377 nafar ayol professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga bir million so‘m pul mukofotlari bilan, 2021-yil yakuni bo‘yicha “Scopus”, “Web of Science” kabi xalqaro ilmiy-texnik bazalardagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilganligi, universitetning reyting ko‘rsatkichlarini oshirishga o‘z hissasini qo‘shganligi uchun 8 nafar professor-o‘qituvchi xotin-qizlar SamDU rektorining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xuddi shunday tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar 2021-yilda dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilmiy daraja olgan, yana 14 nafar professor-o‘qituvchi xotin-qizlarga topshirildi.
Shu bilan birgalikda universitet ma’muriyati hamda universitet birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 120 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
SamDU Sport faoliyati va san’at fakulteti jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarni shod etib, barchaga kayfiyat ulashdi.





















Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

