Zamonaviy ta’lim qanday bo’lish kerak?
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev, Samarqand viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov va viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov kirish so‘z bilan ochdi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev so‘zga chiqib, viloyatdagi ta’lim muassasalarida olib borilgan o‘rganishlar natijasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov sohada mavjud bo‘lgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish kerakligini alohida ta’kidladi. Oliy ta’lim muassasalariga berilgan akademik va moliyaviy mustaqillik huquqidan foydalangan holda ta’lim sifatini oshirishga asosiy e’tiborni qaratish, talabalarning murojaatlari bilan doimiy ravishda tizimli ishlash lozimligini aytib o‘tdi.
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov oliy ta’lim muassasalarida raqobatning yo‘qligi, professor-o‘qituvchi va talabalar zamon talablariga mos ravishda harakat qilmayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zining qator fikr-mulohazalarini bildirdi.








Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

