Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti Dmitriy Aronbayev va optika kafedrasi dotsent Murtazaqul Hamraqulovlarning tug‘ilgan kuni.
Fizika fakulteti optika kafedrasi dotsenti Murtazaqul Hamraqulov 1941-yil Samarqand tumanida tug‘ilgan. 82 yoshni qarshi olgan olim 55 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kimyo fakulteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti Dmitriy Aronbayev 1951-yil Samarqand shahrida tug’ilgan. 73 yoshni qarshi olgan olim 46 yildan buyon Samarqand davlat universitetida bir qator lavozimlarda faoliyat olib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

