Hech qachon sizni ranjitganlar bilan munosabat to‘g‘risida bahslashmang. Sukut saqlang va jim keting.

    Qariyapman, deb afsuslanmang, qarilik gashtini surish hammaga ham nasib qilmaydi, faqat saralanganlarga.

    Toza qalb ovozni baland qilgani qo‘ymaydi, yuzga yugurtirmaydi, jahlga erk bermaydi, tushungan holda bosiqlik bilan sukut saqlab sabr qilishga va tabassum ila yaxshi gapirishga undaydi.

    Qanaqa holat bo‘lmasin, baland ovozda ohangni qo‘pollashtirib gapirmang.

    Sizni sevganga shirin gapiring, mehribonlik qiling, jahl ustida aytgan gaplariga ahamiyat bermang, chap quloqdan kirib, o‘ng quloqdan chiqib unut bo‘lsin.

    Eng muhimi, qalbingiz toza bo‘lsin, qalb tozaligi esa eʼtiborda, sog‘inchda, hurmat qilish hamda muloyimlik va xushmuomaladan iborat.

Muxtasam Sulaymonov

Samarqand davlat universiteti

psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi