Samarqand davlat universitetida Nafosat festivali bo‘lib o‘tdi…
Samarqand davlat universitetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nafosat festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir SamDU xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etilib, 10 ga yaqin fakultetdan nomzodlar ishtirok etdi. Bunda talabalar 4 shart bo‘yicha, ya’ni tanishtiruv, pazandalik mahorati, milliy liboslar ko‘rgazamasi va erkin mavzu bo‘yicha bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra hakamlar hay’ati tomonidan:
1-o‘rin geografiya va ekologiya fakulteti talabasi O‘g’iloy Shirinovaga
2-o‘rin tarix fakulteti talabasi Mohinur Ro‘ziyevaga
3-o‘rin Intizor Hamzayevaga nasib etdi.
- Bahor bu fasllar kelinchagi. Yurtimiz bo‘ylab bayram kayfiyati hukumronlik qilmoqda. Shu bilan birga Samarqand davlat universitetida ham bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishmoqda, - deydi psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti talabasi Xumora Berdimurodova. - Bugungi tanlovda biz talabalar bir-birimiz bilan raqib sifatida emas, balki opa-singil sifatida ishtirok etyapmiz. Tanlov shartlari bo‘lajak kelin va xonadon bekalari uchun mos tarzda belgilab olingani tahsinga sazovor.
- O‘zbekistonda urf-odatlarga bo‘lgan hurmat, madaniyat juda kuchli ekanligiga amin bo‘ldim. Bugungi tadbirga meni hakam sifatida chaqirishganidan juda xursandman, - deydi yaponiyalik o‘qituvchi Nozomi Kusaka. – Tanlov menda o‘zgacha taasurot uyg‘otdi. Ayniqsa, milliy liboslar shartida o‘zbek milliyligi naqadar boy ekanligini ko‘rib hayratlandim. Bu tanlovni tashkil qilganligi uchun SamDU dotsentlari Tanzila Majidova va Rohila Suvonovalarga minnatdorchilik bildiraman.
Tanlov so‘ngida talabalar esdalik sovg’a va tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.






















Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov olgan suratlar.

