Yashashdan asosiy maqsadingiz nima?
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti psixologi tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida “Yashash uchun 1000 sabab” nomli aksiya bo‘lib o‘tmoqda.
- Har bir talaba o‘zining bu hayotda oldiga qo‘ygan maqsadini ushbu devorga yozib qoldirmoqda, - deydi universitet psixologi Otabek Eshmonov. - Tabiiyki, har bir ishtirokchi barcha maqsadlarni o‘qib chiqadi. Bu ular uchun yangilik sifatida qabul qilinadi. Ko‘plab katta maqsadlarni o‘qigan insonda o‘zgacha bir motiv paydo bo‘ladi. U o‘zining maqsadi bilan yana boshqa tengdoshining maqsadini solishtirib ko‘radi. O‘z ustida ishlashi lozimligini tushunadi. O‘ylaymanki, ushbu so‘rovnoma yoshlarimizni o‘qishga, ilm olishga, chet tillarini o‘rganishga undovchi muhim ruhlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Aksiya universitetimiz bo‘ylab davom etmoqda...



Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

