Samarqand davlat universiteti yotoqxonlarida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli, ilmiy-ijodiy muhitda tashkil etish maqsadida universitet talabalarning turar-joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va talabalarning davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
1-mart kuni 4-sonli yotoqxonada O‘zbekiston tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan, bugun 5-sonli talabalar turar joyida genetika va biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbat tashkil etildi.
Tadbirni universitet talabalarning turar-joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xaydarov kirish so‘z bilan ochdi. Genetika va biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent Gavhar Dushanova talabalarga ilmiy maqola, adabiyotlar, izlanishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berdi. Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtida kafedras professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishga taklif qildi.
Davra suhbati yakunida biologiya fakulteti tyutori Sardor Yormuhammadov yoshlarga yangi zamonaviy badiiy adabiyotlar haqida maʼlumot berdi. Ular bilan oxirgi marta o‘qigan asarlari haqida fikr almashdi.






Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

