Samarqand davlat universiteti 4-son talabalar turar joyida “Zulfiyaxonim izdoshlari” badiiy kechasi bo’lib o’tdi. Tadbir Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligiga bag’ishlanib, biologiya fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirok etdi. Kechani tyutorlar boshlig’i Shaxriyor Jo’rayev kirish so’zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni muborakbod etdi.

         -  Zulfiya ijodida o‘zbek xotin qizlarining taqdiri muhim rol o’ynaydi, - deydi Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti talabasi Gulhayo Hakimova. - Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Zulfiyaning jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi va qalbimizda o’chmas iz qoldiradi.

         Tadbir davomida talabalar tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarni  xushnud etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.