Samarqand davlat universiteti talabalariga  mahorat darsi o‘tdi

         Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetida  Bakriddin Zaripov hikol zotli quyonning ingichka ichagida glyukozaning so‘rilishi tajribasini amalga oshirdi. Mazkur mashg‘ulotdan maqsad oshqozon-ichaklarda moddalar so‘rilishi jarayonlarini aniqlashdan iborat.

         - Dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida bo‘lganman, - deydi akademik Bakriddin Zaripov. –  Amerikaning nufuzli Harvard universitetida ham bir qator ilmiy ishlarni amalga oshirganman. Samarqand davlat universiteti bilan Harvard universitetining vevariy laboratoriyasini taqqoslab ko‘rdim. Hech qanday mubolag‘asiz ayta olamanki, SamDU labaratoriyasidagi imkoniyat va sharoitlar Harvard universiteti labaratoriyasidan ko‘ra ancha yaxshi va afzalliklarga ega. Bu yerda bugun ilk marta tajriba amaliyotini olib bordik. Unda talabalar, magistrant va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

         - Quyonlar ovqat hazmi traktining morfo-funksional xususiyatlariga, tabiiy chidamligiga taʼsiri mavzusida tadiqot olib boryapman, -  deydi SamDU biologiya fakulteti doktoranti Munisa Bahrillayeva. – Shu kungacha mavzuning nazariy tomonlarini tadqiq etgan bo‘lsam, endilikda amaliy tajribalar bo‘limiga eʼtibor qaratmoqdaman.  Bugun birinchi marta quyonning ovqat hazm qilish trakti bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdik. Buning uchun avvalo, akademik Bakriddin Zaripovga minnatdorlik bildiraman.

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.