Samarqand davlat universiteti professori 900 million so‘mlik grant sohibi bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan fundamental loyihalar tanlovi e’lon qilingan edi. Samarqand davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Rustam Ibodov Enshteyn tenglamalarining qora tuynuklar (Black Holes) va yumronqoziq inlari (Wormholes) uchun yangi yechimlar nomli loyihasi bilan ishtirok etib, 899 990 000 so‘m miqdorda grant yutib oldi.
- Loyihaning asosiy maqsadi modernizatsiyalangan Enshteyn tenglamalaridan foydalanib, qora tuynuk va yumronqoziq inlari yechimlarini topishga qaratilgan, -deydi Samarqand davlat universiteti professori Rustam Ibodov. – Ushbu loyihada Scopus va Web of Sceince bazalarga kiruvchi xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop qilish maqsadga muvofiq qilingan. Shu bilan birgalikda loyihada ishtirok etayotgan yosh olimlarning PhD va DSc ilmiy darajalari himoyasi rejalashtirilgan. Loyihaga Germaniyaning Oldenburg universiteti professori Yutta Kunz hammualiflik qilmoqda.
- Professor Rustam Ibodov Samarqand davlat universiteti nazariy fizika maktabi asoschisi, - deydi tadqiqotchi Sardor Murodov. - Enshteyn tenglamalarining qora tuynuklar (Black Holes) va yumronqoziq inlari (Wormholes) uchun yangi yechimlar nomli Rustam Ibodov boshchiligidagi loyihada 4 kishi qatnashib, grant sohibi bo‘ldik. Bu bizning ilmiy faoliyatimizning kengayishi va rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Kelajakda bu ishimizni yanada kengaytirib, nazariy fizika maktabimizni dunyo miqyosida namoyon qilmoqchimiz.




Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

