Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti dekani, dotsent Isroil Xayriyevning tug‘ilgan kuni.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Isroil Xayriyev 1958-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 64 yoshni qarshi olgan olim 42 yildan buyon Samarqand davlat universitetida bir qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi Isroil Xayriyevni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

