Bugun Samarqand davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi mutaxassisi, dotsent Tolibjon Muqimovning tug‘ilgan kuni.

    Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi Tolibjon Muqimov 1956-yil Samarqand tumanida tug‘ilgan.  66 yoshni qarshi olgan olim O‘zbekiston  qorako’lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand davlat universitetida bir qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi Tolibjon Muqimovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi